Боболару момолар айтган эртаклар

Боболару момолар айтган эртаклар
Худойберди Тухтабоев
Bolajonlarimiz ertaklarni judayam sevib o'qiydilar va tinglaydilar. Bu esa bolalar qalbiga pokiza va ezgu tuyg'ularni olib kiradi. Mazkur mo'jazgina kitob bobolaru momolarimiz aytgan ertaklardan jamlangan ilk to'plamdir. To'plamdan ezgulik, go'zallik, to'g'riso'zlik, mehr-muhabbat, do'stlik haqidagi qator ertaklar o'rin olgan. O'ylaymizki, ushbu xayrli ishdan xabar topgan keksalarimiz o'zlari bilgan ajoyib ertaklarni bizlarga yozib yuboradilar va kelajak avlodni nodir hikoyatlaridan bahramand etadilar.

Xudoyberdi To‘xtaboyev
Bobolaru momolar aytgan ertaklar

SO‘ZBOSHI O‘RNIDA
Har bir xalq o‘zining buyuk o‘tmishi, bebaho qadriyatlari bilan faxrlanadi. Ularni saqlash, yanada boyitish va kelgusi avlodga o‘tkazish uchun o‘zini mas’uliyatli deb biladi, shuning uchun ham milliy qadriyatlar avloddan-avlodga o‘tib millatning ulug‘ligini, buyukligini o‘zida saqlab boraveradi. Rangbarang, sermazmun qadriyatlarimiz orasida ertaklar, rivoyatlar, afsonalar ayniqsa qadrlidir, bebahodir. Ertaklarda qahramonlik, fidoyilik, mehnatsevarlik, kamtarlik, olijanoblik, sevgi-muhabbat, do‘stlik, vafodorlik singari go‘zal fazilatlar ulug‘lanadi. Xuddi shu ma’noda ertaklarimiz yosh avlod tarbiyasida, buyuk, bebaho vositalardan biri bo‘lib keldi. «Uch og‘ayni botirlar», «Yoriltosh», «Qilich botirlar» necha-necha yillar davomida, avloddan-avlodga o‘tib, mardlikni, jasoratni, olijanoblikni ulug‘lab, kuylab kelganini bilamiz. «Qutadg‘u bilik», «Hayratul abror», «Qush tili» singari buyuk asarlarda ham ertaklarga, rivoyatlarga alohida e’tibor berilganligini darsliklardan o‘qiganmiz.
Millatning buyukligi uning soni bilan emas, milliy qadriyatlarning boyligi, ko‘pligi bilan o‘lchanadi, deydilar. Ertaklar, rivoyatlar, afsona va hikmatlar ma’nosida o‘zbek xalqi dunyoda eng boy xalq hisoblanadi.
Afsuski so‘nggi yillarda taraqqiyotni tezlashtiruvchi – televizor, kompyuter, internet tarmoqlari kuchaydi. Ertak aytuvchilarni, eshituvchilarni ko‘proq o‘ziga tortib olayapti. Ertak aytuvchi bobolar, hikoyatlar aytuvchi buvilar bebaho ertaklarni, serma’no hikmatlarini kimga aytishni bilmay qarib qolayaptilar, dunyodan o‘tib borayaptilar. Chuqurroq o‘ylab qarasak, millatni millat qilib turgan qadriyatlar ham dunyodan o‘tib borayotganga o‘xshaydi.
Hurmatli yurtboshimiz ushbu millat, qadriyatlar barchamizniki, yoshlar tarixiy o‘tmish qadriyatlarini yaxshi bilmasalar buyuklikka erishish qiyin bo‘ladi, deb alohida ta’kidlaydilar.
Qiziq bir misol keltirmoqchiman. Latviya, Litva, Estoniya mamlakatlarida bo‘lganimda maktablarga borib o‘quvchi bolalar yiqqan tom-tom ertaklarni ko‘rdim. Har bir o‘quvchi maktabni bitirayotganda bobolari va buvilaridan kamida 50 ta ertak yozib olib qoldirib ketishi kerak ekan. Bo‘lmasa shahodatnoma ololmas ekanlar. Abxaziyaning Sxaltuba shahridagi bir maktab o‘quvchilari ham 1936-yildan buyon ertak yig‘ishar ekan. Abxaz millatidan biron kishi tasodif bo‘lib Shimoliy Muz okeaniga tushib qolguday bo‘lsa, u ertak biladi deb eshitishga, samolyot kira qilib, Shimoliy Muz okeaniga borib, o‘sha ertakni yozib olib kelisharkan. Maktabda uch yuz tomdan ortiq ertak yig‘ilgan, shu ertaklarni to‘plab, har yili 8-10 ta kitob ham chiqarib turilar ekan.
Biz esa uyimizda yashab turgan bobomiz, buvimiz bilgan hikmatlarga ham beparvomiz, demak, qadriyatlarni saqlash ma’nosida kelajak oldida aybdor bo‘lib qolayotgandekmiz. 9800 ta o‘rta ta’lim maktabi, 1400 dan ortiq akademik litsey, kasb-hunar kollejlari bor, agar shularda ta’lim olayotgan o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qadriyatlarni saqlash bo‘yicha mas’uliyatli deb bilsalar, agar har biri kamida bitta yoki ikkita ertak yozib kerakli joyga bersalar, o‘n minglab nodir ertaklarni, go‘zal afsonalarni va rivoyatlarni yo‘q bo‘lishidan saqlab qolgan bo‘ladilar. Shu fikrdan kelib chiqib o‘quvchilar, muallimlar, otaonalar, bobo-buvijonlar hamkorligida qadriyatlarni yig‘ish, to‘plaganlaridan vaqti-vaqti bilan alohida kitoblar ham nashr qilishga maslahat qildik.
O‘z millatini sevgan, milliy qadriyatlarini ulug‘layman, degan har bir inson ushbu ezgu niyatga beparvo bo‘lmaydi, degan umiddamiz.

    X.To‘xtaboyev,
    O‘zbekiston Xalq yozuvchisi,
    Davlat mukofoti sovrindori.

HAYOT SHIRINLIGI
Bir kishi ajdarni tuzog‘iga tushirish uchun ortidan quvibdi. Haligi inson ajdarhoning changalidan qochish uchun jon holatda yuguribdi. Yugura-yugura bir jarning oldiga kelib qolibdi. Pastga tushish uchun egilib qarasa, jarlikning tubi ilon-u chayonlarga to‘la ekan. Ortga qaytay desa ajdarho, pastga tushay desa pastda ilon-u chayonlar. Shunda jarlikning yoqasida ulkan bir daraxtni ko‘rib qolibdi. Daraxtning yarim tomiri jarlikning tepasida, yarmi esa jarlikda joylashgan ekan. Pastlikda joylashgan tomirning g‘ovakroq qismi bor ekan. O‘sha kishi tomirdan g‘ovak joyga tushib, daraxt tomirlaridan mahkam ushlab olibdi. Shu payt qo‘liga bir narsa tomibdi. Yalab ko‘rsa asal ekan, tepaga qarasa, daraxt shoxida asalari ini bo‘lib undan asal tomayotgan ekan. Asalni yeb yigit ajdarhodan qutulib qolibdi.
Kishining orqasidan quvgan ajdar – ajal, inson qayerda bo‘lmasin, qay mansabga erishmasin ajal doim u bilan izma-iz va yonma-yon yuradi. Jarlik ichidagi ilon-u chayonlar qilgan gunohlarimiz jazosi, ya’ni shaytonlar. Jar yoqasidagi daraxtdan tomayotgan asal hayotni bildiradi. Qanchalik qiyinchilikka uchramaylik, hayot asal singari shirin tuyulaveradi va yashashga umidimiz ortaveradi.

Aytuvchi: Sh.Nurmatova, 57 yosh, G‘allaorol tumani.
Yozib oluvchi: I.Nurmatov, 8-sinf o‘quvchisi.

«BOTIR» QUYON
Shoshib ketardi quyon, ayiq polvon to‘yiga,
Qorong‘u tushmasdan qaytish kerak uyiga.
Birdan so‘qmoqda yotgan sherga tushdi-yu ko‘zi,
Juftakni rostlamoqchi bo‘ldi, qo‘rqqandan o‘zi.
Ikkilanib quyonvoy tezlikda ishlatdi bosh
Chunki hayvonlar shohi yotardi juda yuvosh.
Asta ehtiyot bo‘lib, o‘tmoq bo‘ldi yonidan
Axir bizning quyonvoy to‘ymagandi jonidan.
Boshqa yo‘qdir iloji, o‘tmoq kerak amallab,
So‘qmoqni-chi, butunlay yotardi sher egallab.
– Hoy, sher aka, sher aka, – dedi quyonvoy asta,
– Maylimi, ustingizdan sakrab o‘tsam ohista?
– Sakrayver, – dedi sher ham horg‘in ovozda asta.
– Nega bunday yotibsiz? – so‘radi quyon pastda.
– Oyoqlarim, – dedi sher – qopqonga tushib qoldi.
Mardona sakrar ekan quyon sher ustiga,
Biqiniga bir tepib, dedi bosti-bostiga:
– Esli hayvon bo‘lsang, men senga teng bo‘laymi?
Oyoqlarim ostida yotganingga o‘laymi?!
Xulosa:
Amalda bo‘lsang, xushomadgo‘y quyondir,
Amal ketgach, ahvoling yomondir.

Aytuvchi: Y.Nasriddinov, 61 yosh.
Yozib oluvchi: Oysara Yusupova, 7-sinf o‘quvchisi.

YOMON XOTIN VA AJDAR
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadim zamonda bir odamning xotini yomon bo‘lib, u erini doim kamsitar ekan. Chol bezor bo‘lib uni cho‘ldagi bir quduqqa tashlab yuboribdi. Chol uch kundan keyin quduqning oldiga kelib arqon tashlabdi. Shu payt arqondan ajdar chiqib kelayotgan emish, buni ko‘rgan chol arqonni kesmoqchi bo‘lib turganda Xudoning qudrati bilan ajdar tilga kiribdi va cholga:
– Iltimos, kesma, – debdi. Chol uni chiqarib olgandan keyin ajdardan so‘rabdi:
– Nima bo‘ldi? Ajdar debdi:
– Men shu quduqda qirq yildan beri tinch-totuv yashab kelayotgandim, ammo uch kun avval bir yomon ayol kelib meni o‘limimga rozi qildi.
Oradan besh yil o‘tib, o‘sha davlatda ajdar katta bir g‘orga joylashib, oldiga yaqinlashgan odamni domiga tortib yuboraveribdi. Shu davlat shohi farmon beribdi:
– Kimda-kim shu ajdarni o‘ldirsa yoki quvib yuborsa, yarim davlatimni va qizimni beraman, – debdi. Chol o‘sha g‘orning oldiga borib tursa, ajdar unga:
– Ey odam, men seni tanidim. Sen meni yomon xotindan xalos qilgan eding, – debdi. Shunda cholning xayoliga bir fikr kelibdi. U saroyga borib shohga debdi:
– Shohim, menga uchqur ot va o‘tkir qilich bering. Keyin u otni minib qilich bilan g‘or oldiga ot choptirib borib, baqiribdi:
– Ey ajdarho, qoch yomon xotin kelyapti. Ajdarho orqa-oldiga qaramay qochibdi. Shunday qilib, yomon ayol ajdardan ham kuchli, ya’ni ajdarga ham zo‘rlik qilgan ekan.

Aytuvchi: E.Xoliqulov, 70 yosh, Samarqand viloyati.
Yozib oluvchi: S.Aliqulov,8-sinf o‘quvchisi.

YOV QOCHSA
O‘rmonda ikki baroq mushuk tanholikda kun kechirar ekan. Ular ko‘p jonivorlarni ko‘rishgan bo‘lsalarda, zotlariga mansub jonivorlarni hech uchratmagan ekan. Kunlarning birida nogoh to‘qnash kelibdilar-u, bir-birlarini ko‘rib dahshatga tushibdilar. Birinchi mushuk vajohatli dushmanni qo‘rqitmoq uchun dumini asabiy likillatgancha jonjahdi bilan unga qarshi yuribdi. Biroq bir-birlariga yaqinlashmay turib, bu qo‘rquvdan o‘takalari yorilay deb, har tomonga qochib qolibdi. Ma’lum bir masofani bosib o‘tgan birinchi mushuk orqasiga o‘girilib qarasa uni hech kim quvmayotgan emish. Shunda u:
– To‘xta, men bu hayvondan qochib yuribman, u esa mendan ham oldin shataloq otib qolibdi-ku. Demak, u ham mendan qo‘rqibdi, – deb o‘ylab orqasiga qaytibdi. Bu payt ikkinchi mushuk baland changalzorga ro‘para kelib, ilojsizlikdan miyovlab yuboribdi. O‘qdek uchib kelayotgan birinchi mushuk, bu holatni ko‘ribdi-yu, kalovlanib qolibdi va o‘zi ham to‘xtabdi.
– Qanday dahshat! Men ahmoq, nima qilardim qaytib?! Endi meni bu joyda nobud qilishdi, unga hech narsa halaqit bermaydi. Vaqt g‘animat juftakni rostlash kerak, – deb o‘ylabdi u. Birinchi mushuk qandoq tez kelgan bo‘lsa, shundoq iziga qaytibdi.
Xulosa: O‘z yaqiningni bilmasang, joning azobda, ko‘zingni kattaroq ochib yasha.

Aytuvchi: B. Karimov, 64 yosh, G‘allaorol tumani.
Yozib oluvchi: A.Karimov 5-sinf o‘quvchisi.

HIMOYA
Olg‘ir nomli bir quyon ilmiy ish yoqlar edi.
Bu fanda yangilik deb o‘zini oqlar edi.
– Himoyaning nomini bilishga bo‘lsa xohish:
Hayvonlarning terisini tiriklayin shilish.
Bo‘ri turdi joyidan: – Bizda savol bor bitta,
Himoyani amalda «ko‘rsatarsiz» albatta?
– Xohlasangiz marhamat, anov xonaga o‘ting
Sizlar esa shu yerda, natijani kuting.
Bo‘ri dedi o‘zicha: – Bir ta’zirini berayin,
Hozir zap semiribdi, tiriklayin yeyayin.
Alohida xonaga ikkisi kirib ketdi,
Oradan besh daqiqa, chamasi vaqt ham o‘tdi.
Quyon chiqdi xonadan, qo‘lida qonli teri.
Masala hal bo‘rining demak quribdi sho‘ri.
– Yana xohlaganlar xonaga o‘tsin, – dedi.
Quyonvoyning o‘ziga ishonchi katta edi.
– Bu maqtanchoq, menimcha tinchimaydi
o‘lguncha,
Deya ayiqpolvonjon kirib ketdi xonaga.
Chamasi oradan besh daqiqa vaqt o‘tib,
Quyon chiqdi qo‘lida ayiq terisin tutib.
Hamma hayron, hamma lol.
Ne bo‘lganin bilmaydi.
Albatta, boshqalarning o‘lgilari kelmaydi.
Shu payt o‘sha xonadan chiqib keldi hoqon sher,
– Bizning jiyanga yana savollardan bormi? – der.
Xulosa: Hayotda bu ma’lumdir, agar tog‘ang bo‘lsa sher, Hech ikkilanmay, do‘stim, mansab qo‘lda deyaver.

Aytuvchi: Yo‘ldosh Nasriddinov, 61 yosh. Samarqand viloyati, Samarqand shahri.
Yozib oluvchi: Oysara Yusupova, 7-sinf o‘quvchisi.

AQLLI BOLA
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadim zamonda bir maqtanchoq podsho bo‘lgan ekan. Bu podsho «bu yurtda mendan aqlli odam yo‘q», deb yurar ekan. Bir kuni podsho ovga chiqibdi. U tushgacha ov qilib hech narsa tuta olmabdi. Yo‘lda bir bolani uchratibdi. Podshoh bolaga qarab:
– Hoy bola, bizni mehmon qilmaysanmi? – debdi. Bola unga:
– Jonim bilan, – deb javob beribdi. Podshoh:
– Bizlarni nima so‘yib mehmon qilasan? – deb so‘rabdi. Bola esa:
– Topsak birini, topmasak ikkisini so‘yamiz, – deya javob qaytaribdi. Podshoh bolaning javobidan hayron bo‘libdi. Vazirlariga:
– Bu bolaning gapida hosiyat bor, buni bir sinab ko‘ramiz, – debdi. Podshoh vazirlari bilan bolaning uyiga boribdi. Bola podshoh va uning odamlarini yaxshilab mehmon qilibdi. Podshoh undan:
– Ey bola, nechta qo‘y so‘yding, – deb so‘rabdi. Bolakay esa:
– Birini topmadik, shuning uchun ikkini so‘ydik, – deb javob beribdi.
– Birini topmasang ikkini qayerdan topasan? – debdi shoh. Shunda bola unga qarab:
– Bizning bir bo‘g‘oz qo‘yimiz bor edi. Boshqa bir qo‘yni topolmay shu qo‘yni so‘ydik. Qo‘yni so‘ygandan keyin bolasi ham o‘ldi. Ikkini so‘ydik deganning ma’nosi shu, – debdi.
Bu gaplarni eshitgan shoh bolaning aqliga qoyil qolibdi. Keyin uni o‘z saroyiga olib ketibdi. Bola esa o‘qib, dono bo‘libdi, podshoh uni o‘ziga vazir qilib olibdi.

Aytuvchi: D.Boboqulova, 43 yosh, Do‘stlik tumani.
Yozib oluvchi: Q.Julliboev, 8-sinf o‘quvchisi.

KULOL YIGIT
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadim zamonda bir kulol yigit bor ekan. U bola juda ham yaxshi, mehribon va ochiq ko‘ngil ekan. U kulolchilikka qiziqar ekan. Uning qo‘lidan ko‘p ishlar kelar ekan. U loydan ko‘za, kosa, tovoq va bundan ham ko‘p narsalarni yasar ekan. Uning bir do‘sti bor ekan. U ham yaxshi, ammo sal qo‘polroq, kalta o‘ylaydigan va mansabparast ekan. Oradan ancha vaqtlar o‘tibdi. Kulol yigit kulolchilik qilib kun kechiraveribdi. Bir kuni kulol bola ish bilan bir joyga tezroq borishi kerak bo‘lib qolibdi. O‘zining ishxonasidagi yasagan buyumlarga qarab turishni do‘stidan iltimos qilibdi. Do‘sti kulol bolaning o‘rniga qolibdi va yasalgan narsalarni sota boshlabdi. U yerga har xil sayohatchilar va savdogarlar kelar ekan. U yerda savdo yaxshi bo‘lgani uchun kulol bola o‘sha joyga ko‘chib o‘tgan ekan. Do‘stini kulol ekan, yaxshi narsalar yasar ekan deb o‘ylashibdi. Kulol bolaning ishlarini o‘ziniki qilib ko‘rsatib, o‘zini maqtab elga ko‘rsatibdi.

Конец ознакомительного фрагмента.
Текст предоставлен ООО «Литрес».
Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию (https://www.litres.ru/book/hudoyberdi-tuhtaboev/bobolaru-momolar-aytgan-ertaklar-69918082/chitat-onlayn/?lfrom=390579938) на Литрес.
Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.
Боболару момолар айтган эртаклар Худойберди Тухтабоев
Боболару момолар айтган эртаклар

Худойберди Тухтабоев

Тип: электронная книга

Жанр: Сказки

Язык: на узбекском языке

Издательство: Kitobxon

Дата публикации: 28.04.2024

Отзывы: Пока нет Добавить отзыв

О книге: Bolajonlarimiz ertaklarni judayam sevib oqiydilar va tinglaydilar. Bu esa bolalar qalbiga pokiza va ezgu tuygularni olib kiradi. Mazkur mojazgina kitob bobolaru momolarimiz aytgan ertaklardan jamlangan ilk toplamdir. Toplamdan ezgulik, gozallik, togrisozlik, mehr-muhabbat, dostlik haqidagi qator ertaklar orin olgan. Oylaymizki, ushbu xayrli ishdan xabar topgan keksalarimiz ozlari bilgan ajoyib ertaklarni bizlarga yozib yuboradilar va kelajak avlodni nodir hikoyatlaridan bahramand etadilar.

  • Добавить отзыв