Тип: PDF книга
Жанр: Книги о компьютерах
Язык: на узбекском языке
Издательство: Kitobxon
Дата публикации: 25.04.2024
Отзывы: Пока нет Добавить отзыв
О книге: Diqqatingizga havola etilayotgan va raqamli iqtisodiyot sharoitlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish hamda turli tizimlarni boshqarish masala va muammolariga bagishlangan ushbu oquv qollanma hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan va bir qancha shov-shuvlarga sabab bolayotgan raqamli iqtisodiyot hamda uning tarkibiy qismi bolgan innovatsion texnologiyalar sohasiga bagishlangan hamda uning infratuzilmasini atroflicha tavsiflab beradi. Unda zamonaviy elektron tijorat hamda raqamli iqtisodiyotning asosi bolgan muammolar bilan bogliq masalalar, raqamli iqtisodiyotga otish mexanizmi, elektron tijorat va elektron biznesning bir qancha samarali biznes modellari haqida koplab qimmatli malumotlar berilgan. Undan song, raqamli iqtisodiyotning hamda elektron tijoratning hozirgi davrda shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir qancha asosiy turlari, shu jumladan, bulutli texnologiyalar, moliyaviy texnologiyalar, buyumlar interneti, suniy inttelekt, raqamli valyutalar, virtual voqelik va ularning asosiy xususiyatlari atroflicha bayon etilgan. Turli hildagi loyihalarga investitsiyalar jalb qilish uchun ishlatiladigan ICO mexanizmi haqida tushunchalar va uning mano-mohiyati, elektron tijorat tashkil qilishning samarali zamonaviy usul va vositalari hamda mavjud platformalari hamda qobiqlari ham kopchilikka tushunarli holda korsatilgan. Oquv qollanmaning oxirida unda ishlatilgan atamalarni tushunish boyicha toliq glossariy berilganki, uning yordamida bu sohani yanada chuqurroq anglash, tushunish va organish mumkin boladi. Ushbu oquv qollanma oliy talimning bakalavr va magistr mutahassisliklarida talim olayotgan talabalarga tavsiya etilib, raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat va elektron biznes yonalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan ilmiy xodimlarga hamda bank-moliya hizmatchilari hamda raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat sohasidagi innovatsiyalar bilan qiziqqan barcha tadbirkorlik subektlari foydalanishi uchun moljallangan.