Тип: PDF книга
Жанр: Книги о компьютерах
Язык: на узбекском языке
Издательство: Kitobxon
Дата публикации: 25.04.2024
Отзывы: Пока нет Добавить отзыв
О книге: Zamonaviy matematika fanida bu fanga mutaxassislashgan amaliy dasturiy vositalardan foydalanish katta ahamiyatga ega, chunki bunday dasturiy vositalar matematika faniga oid masalalarni tezkorlik bilan va aniq yechishga hamda ularning mano-mohiyatini toliq tushunishga imkon beradi. Ushbu oquv qollanma pedagogika oliy oquv yurtlarning magistratura mutaxassisligining 5A110701 – «Taʼlimda axbort texnologiyalari» taʼlim yonalishida oqitiladigan «Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar» oquv faniga mansub bolib, Nizomiy nomidagi TDPU da tasdiqlangan «Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar» oquv fan dasturi asosida yaratildi. Ushbu oquv fanini oqitishdan maqsad – har bir bolajak mutaxassislarning oz kasbiy sohalariida qollashi zarur bolgan amaliy matematika, informatika va axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish haqidagi zamonaviy bilimlarga ega bolishlari va ulardan samarali foydalanishlari uchun mos bolgan konikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat. Shunday maqsadlarni amalga oshirish uchun oquv qollanmada bir qancha amaliy dasturiy vositalar, ularning turlari va tasniflari, foydalanuvchining amaliy dasturiy taʼminoti, avtomatlashtirilgan ish joylari, ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalarning ishlash tamoillari, ularning asosiy turlari hamda matematik masalalarni yechishda foydalaniladigan amaliy dasturiy vositalar, belgili hisoblashlarni amalga oshirish uchun moljallangan dasturlar, shu jumladan, Microsoft Math, Google Math, Mathematica, Maple, MathCad, MatLab, Tex(LaTex), Statistika, Auto CAD kabi amaliy dasturlar, ularning umumiy korinishi va imkoniyatlari, shuningdek, ushbu dasturlarda turli hil masalalarni yechish usullari bilan tanishish masalalari yoritilgan. Oquv qollanmaning oxirgi VIII-bobida zamonaviy Python dasturlash tili boyicha bir qancha malumotlar berilgan, shu jumladan, amaliy darslarlar, video manbalar va mustaqlil ishlash uchun masalalar berilganki, bu malumotlar Python dasturlash tili imkoniyatlari bilan tanishib olishga yordam beradi. Oquvchi-talabalar va magistrantlarga bagishlangan ushbu oquv qollanmadan yuqorida sanalgan amaliy dasturiy tizimlarni organish va pedagogik jarayonlarda qollashni tushuntirishni oz tarkibiga olgan boshqa fanlarda ham qoshimcha adabiyot sifatida foydalanish mumkin.