Тип: PDF книга
Жанр: Книги о компьютерах
Язык: на узбекском языке
Издательство: Kitobxon
Дата публикации: 26.04.2024
Отзывы: Пока нет Добавить отзыв
О книге: "Talimda axborot texnologiyalari" deb nomlangan ushbu oquv qollanma yangi innovatsion pedagogik texnologiyalar yonalishiga bagishlangan bolib, unda turli sohalarda dars beruvchi professor-oqituvchi maruzachilar uchun dars berishning (yoki ommaga malumot berishning) bir qancha interfaol uslubda bolgan zamonaviy usullari hamda dasturiy-texnik vositalarining imkoniyatlari yoritiladi. Risolada yoritilgan interfaol muloqot tizimlari dars davomida talabalar bilan bevosita muloqot qilishning zamonaviy dasturiy-texnik vositalari bolib, ular vositasida oqituvchi va talabalar (tinglovchilar) orasida real vaqt rejimida togridan-togri axborot almashinuvi amalga oshiriladi. Bunday dasturiy-texnologik tizimlarda kompyuter, oqituvchi va talabalar orasida simsiz aloqa mavjud bolib, standart (yoki mahsus) taqdimotlar dasturiy taminoti orqali malumot almashiniladi. Talabalarning tizim bilan aloqasi mahsus distantsion pultlar (televizornikiga oxshash), mobil telefonlar, shaxsiy kompyuterlar yoki Internet orqali amalga oshirilishi mumkin boladi. Bunday texnologiyani turli xil nomlar bilan ataladi, masalan, talabalardan malumot qabul qiluvchi tizimlar, real vaqt rejimida javob beruvchi tizimlar, testlashtiruvchi tizimlar, interfaol aloqa tizimlari, talabalarning muloqot tizimlari va boshqalar. Talim tizimda esa talabalarning interfaol muloqot tizimlari (SRS) yoki auditoriya muloqot tizimlari (ARS) kabi atamalar qabul qilingan. Talabalarning qollarida boluvchi mahsus distansion pultlarni esa kopincha «Clicker – Turtgich» deb ham ataladi. Bozorga keyingi paytlarda kirib kelgan bunday interfaol muloqot tizimlari mahsus dasturiy taminotni ham talab qilmaydi, ular ochiq arxitektura tamoyiliga asoslanib ishlaydilar va malumotlarni mobil telefonlardan, smart telequrilmalardan, shaxsiy va planshet kompyuterlardan bemalol qabul qila oladilar. Ushbu risolada aqlli sinf (Smart Class) innovatsion talim texnologiyalari kompleksi (shu jumladan, TMSC-Team Model Smart Classroom, ezStation- Lecture Capture System, HiLearning-Student Tablet Solution, ezVizion-Document Camera, Haboard-Interactive Whiteboard System, HiTech-Interactive Teaching System, WebClick-Web Interactive Response System, ClouDAS-Cloud Computing, Diagnozing and Analysing Service, EEE Learning-Engage, Enrich, Enhance Learning, III Learning-Innovative, Interact, Improve Learning kabi zamonaviy talim texnologiyalari tizimlari) ning tashkil etuvchilari va ularni talim jarayonida qollash boyicha yetarlicha amaliy va nazariy malumotlar berilgan.