Тип: PDF книга
Жанр: Монографии
Язык: на узбекском языке
Издательство: Kitobxon
Дата публикации: 25.04.2024
Отзывы: Пока нет Добавить отзыв
О книге: Diqqatingizga havola etilayotgan ushbu monografiya hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan va bir qancha shov-shuvlarga sabab bolayotgan raqamli texnologiyalarning elektron tijoratda qollanilish sohasiga va uning infratuzilmasini tavsiflashga bagishlangan. Unda raqamli texnologiyalarning asosi bolgan ilmiy izlanishlar bilan bogliq masalalar, raqamli texnologoyalarga otish mexanizmi, elektron tijoratning raqamli texnologiyalarga otísh istiqbollari, raqamli elektron tijoratning tarkibiy qismlari, elektron tijorat jarayoni bilan bogliq bolgan iqtisodiy firibgarliklar haqida malumotlar, blokcheyn texnologiyalari, suníy intellekt, bulutli texnologiyalar, buyumlar interneti, katta malumotlar (Big Data), aqlli (smart) texnologoyalar, raqamli elektron bozorlar, kriptografiyaning muhim elementi bolgan xeshlashtirish funktsiyalari, Ozbekistonda elektron tijoratning rivojlanish yonalishlari haqida bir qancha qimmatli malumotlar berilgan. Turli hildagi loyihalarga investitsiyalar jalb qilish uchun ishlatiladigan ICO haqida ham asosiy tushunchalar va uning mohiyati korsatilgan.Raqamli texnologiyalar va uning asosidagi iqtisodiyotda boshqaruv jarayoni (professional kadrlar orqali) – ozaro aloqalarni boshqarishning kompyuterli tizimi bolib, insoniyatning osib borayotgan ehtiyojlarini qondirish borasida elektron malumotlardan faol foydalanish boyicha keng kolamli ishlarni olib boradi. Masalan, unda tizim faoliyatini bashorat qilish, rejalashtirish, tashkil qilish, ijro etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish kozda tutilgan. Yani, mamlakatni rivojlantirish yollarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish uchun malumotlarni toplash va tahlil qilish asosida xalq xojaligi majmuini boshqarishning umumiy integrallashgan tizimi bolishi lozim. Shuni ham aytish kerakki, hozirgi paytda raqamli olam va jismoniy (yoki moddiy) olamlar kundan-kunga bir-biriga tezkorlik bilan yaqinlashib kelmoqda. Bu ikki olamning jipslashuvi, oxir-oqibat, ozaro bogliqlik tushunchasi katta ahamiyatkasb etuvchi idrokli olamga olib keladi. Global raqamlashtirish jarayoni esa jismoniy shaxslar, korxonalar va hukumatlarning barqaror osishi va ularga qulaylik yaratishni taminlagan holda tezligini oshirishda davom etmoqda. Bunda u global raqamlashtirish sharoitida rivojlanishning sust bolishi Markaziy Osiyo mamlakatlarida regress holatini keltirib chiqarishi mumkin. Bu mamlakatlarga faqatgina yetakchi tajribalar yaratishda yangi raqobatbardosh ustunliklarni, yangicha goyalarga asoslangan qarorlarni qidirib topishni taminlovchi osish jarayoni yordam beradi, xolos. Tadqiqotlar shuni korsatayaptiki, information texnologiyalarga kiritilgan investitsiyalardan tushadigan asosiy foyda iqtisodiyotga sezilarli darajada tasir korsatadi.