Қор маликаси. Собит қалайи аскарча
Hans Christian Andersen
Aziz bolajonlar! E'tiboringizga havola etilayotgan ertak qahramonlari sizga notanish emas, to'g'rimi? Yaxshilik, yomonlik, ezgulik va yovuzlik haqidagi ilk tasavvurlaringizni shakllantirgan bunday ertaklar endi satrlar orqali sirlashishadi. Maroqli mutolaa tilaymiz, sizga!
Hans Kristian Andersen
Qor malikasi
Sobit qalayi askarcha
QOR MALIKASI
BIRINCHI VOQEA
Ko‘zgu va uning parchalari haqida
Qachnai, byoetsihbl adbiokr!saHk,i kohyoazmirgizindianng koox‘iprirgoaq narsalarni bilib olamiz. Xullas, bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir yovuz jodugar o‘tgan ekan, yovuzlikda iblisdan ham o‘tib ketgan ekan. Bir kuni u kayfi judayam chog‘ligida shunaqangi bir ko‘zgu yasaptiki, bu ko‘zguda barcha yaxshi, go‘zal narsalar juda kichrayib qolar, hamma yomon, xunuk narsalar esa kattarib, yanada jirkanchroq bo‘lib ko‘rinar ekan. Ajoyib gul-u gulzorlar xuddi suvda pishgan ismaloqqa o‘xshab qolar, eng yaxshi odamlar esa mayib-majruh bo‘lib ko‘rinar, oyoqlari osmondan kelib qolar, qorinlari esa umuman yo‘q bo‘lib ketar ekan! Yuzlari tanib bo‘lmas qiyofaga kirar, kimningdir betida jinday sepkili bo‘lsa, ishonaveringki, bu sepkillar uning burni-yu lablarini ham qoplab olar ekan. Agar birovning xayoliga yaxshi fikr kelib qolsa, bu fikr ko‘zguda shu qadar buralib-chirmalib ko‘rinar ekanki, jodu gar o‘zi topgan bu ermakdan dumalab-dumalab kular ekan.
Jodugarning o‘z maktabi bo‘lib, uning shogirdlari odamlarga mo‘jiza ro‘y berganligi haqida hikoya qilishibdi: endilikda butun dunyo va odamlarni o‘z haqiqiy qiyofasida ko‘rish mumkin bo‘ldi, deyishibdi ular. Shogirdlar bu ko‘zguni olib har tomonga yugurishibdi, ko‘p o‘tmay bu ko‘zguda qiyshayib ko‘rinmagan na bironta mamlakat qolibdi, na bironta odam.
Oxiri ular osmonga ham chiqmoqchi bo‘lishibdi. Qanchalik baland ko‘tarilishsa, ko‘zgu ham shunchalik qiyshayib boraveribdi, hatto uni qo‘lda tutish ham qiyin bo‘lib qolibdi. Ular juda-juda yuksakka chiqqanlarida o‘ta qiyshayib ketgan ko‘zgu qo‘llaridan otilib chiqib ketibdi va yerga uchib tushib chil-chil sinibdi-da, million-million bo‘laklarga parchalanib ketibdi, bu esa yanada ko‘proq kulfatlarga sabab bo‘libdi. Ko‘zguning xuddi qum zarrachasidek mayda ba’zi bir bo‘laklari butun dunyo bo‘ylab uchib yurar ekan, bu zarrachalar ayrim kishilarning ko‘ziga tushganicha qolib ketibdi. Ko‘ziga bunday ko‘zgu zarrachasi kirib qolgan odamga hamma narsa teskari, hamma narsa yomon bo‘lib ko‘rinar, chunki har bir zarracha o‘sha ko‘zguning barcha xususiyatlarini saqlab qolgan ekan. Bu bo‘laklar ba’zi kishilarning yuragiga kirib boribdi, bu hammasidan ham dahshatlisi ekan, chunki oqibatda o‘sha kishilarning yuragi bir parcha muzga aylanib qolar ekan. Bu bo‘laklarning ichida kattakonlari ham bo‘lib, ularni derazalar ko‘ziga qo‘yishibdi, bunday derazadan o‘z yaqin do‘stingni tomosha qilmaganing yaxshi ekan! Nihoyat, yana shunday bo‘laklar bor ekanki, ulardan ko‘zoynak yasashibdi, yaxshiroq ko‘rish, narsalarning farqiga borish uchun bunday ko‘zoynak taqishdan yomoni yo‘q ekan.
Yovuz jodugar bu ermakdan shunchalik xursand bo‘libdiki, ichagi uzilgudek miriqib kulibdi. Yana ko‘plab bo‘laklar esa dunyo bo‘ylab uchib ketibdi. O‘shalar haqida eshitaylik-chi!
IKKINCHI VOQEA
Bolakay va qizcha
Bilar r ksahttuankcohna liskhakhoa‘prdae kaimnkoir,akt icvhakiondaambir bog‘cha qilish uchun joy hammaga ham yetavermas, shuning uchun ko‘pchilik kishilar tuvakka xonaki gul o‘stirib, shundan bahra olishar ekan. Shu shaharda ikki kambag‘al bola yashar, ularning bog‘chalari tuvakli bog‘chadan sal kattaroq ekan. Ular aka-singil bo‘lishmasa-da, bir-birlarini aka-singildek yaxshi ko‘rishar ekan.
Ularning ota-onalari yonma-yon kulbalarda yashashar ekan. Kulbalarning tomi tutashib ketgan bo‘lib, ikki o‘rtada uzun tarnov bor ekan. Har ikkala kulba boloxonasining derazalari ham ana shu tarnov yonida bir-biriga ro‘para turar, tarnovdan sakrasang bo‘ldi, narigi derazaga borib qolar ekansan.
Har ikki bolaning ota-onasida ham kattakon yog‘och quti bo‘lib, bu qutilarda har xil oshko‘klar va bir butadan kichikroq, tarvaqaylab o‘sgan atirgul bor ekan. Ota-onalar xayoliga bu qutilarni tarnovga ko‘ndalang qilib qo‘yish fikri kelib qolibdi, chunki ana shunda u derazadan bu derazagacha cho‘zilgan ikki jo‘yak gulzor hosil bo‘lar ekan-da! No‘xatlarning yamyashil barg-u ro‘vaklari qutidan osilib tushibdi, atirgul butalari derazadan ichkariga nigoh tashlaganicha shoxlari bir-biriga chirmashib ketibdi. Ota-onalar bolakay va qizchaning tomdan bir-birinikiga mehmonga borishlari, atirgullar ostidagi o‘rindiqchada o‘tirishlari uchun ruxsat berishibdi. Ular bu yerda maza qilib o‘ynashar ekan.
Qishda bu shodliklar barham topibdi. Derazalarni ko‘pincha muz qoplab olar, biroq bolalar pechkada mis chaqalarni qizdirib, muzlab qolgan deraza oynasiga bosishar, u yerda darhol dum-dumaloq doiracha paydo bo‘lar, bu doirachadan xursand, yoqimtoy ko‘zlar tashqariga mo‘ralay boshlar – har biri o‘z derazasidan boqayotgan bu bolakay va qizcha – Kay bilan Gerda ekan. Yozda-ku ular bir sakrab bir-birinikiga mehmonga borsa bo‘lar ekan, qishda esa buning uchun uzundan-uzoq zinapoyalarni bosib pastga tushish, keyin esa yana shuncha tepaga ko‘tarilish kerak ekan. Hovlida esa qor uchqunlari g‘ujg‘on o‘ynar ekan.
– Bu – oq asalarilar galasi! – debdi keksayib qolgan buvi.
– Ularning ham malikasi bormi? – deb so‘rabdi bolakay. U haqiqiy asalarilarning malikasi bo‘lishini bilar ekan-da!
– Bor! – debdi buvi. – Qor uchqunlari uni g‘uj qurshab olishadi, malika esa ularning hammasi dan katta va hech qachon yerga qo‘nmaydi, doim uni qora bulut ko‘tarib yuradi. Ko‘pincha kechalari u shahar ko‘chalaridan uchib o‘tarkan, derazalardan mo‘ralaydi, ana shunda deraza oynalari xuddi gulga o‘xshash muz naqshlar bilan qoplanadi.
– Ko‘rganmiz, ko‘rganmiz! – deb yuborishibdi bolalar, ular chindan ham shunday bo‘lishiga ishonishar ekan.
– Qor malikasi bu yerga kirishi mumkinmi? – deb so‘rabdi qizcha.
– Qani kirib ham ko‘rsin-chi! – deb javob beribdi bolakay. – Men uni issiq pechkaga o‘tqazib qo‘yaman, u esa darrov erib ketadi.
Buvisi uning boshini silab qo‘yibdi va suhbatni boshqa yoqqa buribdi.
Kechqurun uyda uxlash uchun yechinib bo‘lgan Kay deraza oldidagi kursiga tirmashib chiqib, deraza oynasidagi muzi erigan doirachadan tashqariga tikilibdi. Hovlida hamon qor uchqunlari g‘ujg‘on o‘ynar ekan. Kattaroq bir qor uchquni gul qutisining qirg‘og‘iga qo‘nibdi va asta-sekin kattara boshlabdi. Kattara-kattara oppoq harir mato o‘ranib olgan ayolga aylanibdi, uning libosi go‘yo millionlab qor yulduzchalaridan to‘qilgan ekan. Malika judayam go‘zal va latofatli, garchi muzdan, haqiqiy ko‘zni qamashtiruvchi muzdan bo‘lsa-da, lekin baribir tirik malika ekan! Ko‘zlari bir juft yorqin yulduzdek yog‘du sochar, lekin bu ko‘zlarda na iliqlik bor ekan, na orom. U bolakayga bosh silkibdi va qo‘li bilan imlab chaqiribdi. Qo‘rqib ketgan Kay kursidan sakrab tushibdi. Deraza tashqarisida esa kattakon qushga o‘xshash bir narsa lip etibdi-da, g‘oyib bo‘libdi.
Ertasi kuni havo ochiq va sovuq bo‘libdi, ammo asta-sekin eruvgarchilik boshlanibdi, chunki bahor kelayotgan ekan. Quyosh charaqlay boshlabdi, o‘t-o‘lanlar bosh ko‘taribdi, qaldirg‘ochlar in qurishibdi. Deraza muzlari erib bitib, bolalar tag‘in barcha qavatlar tagidagi tarnov yonida – o‘z bog‘chalarida o‘tiradigan bo‘lishibdi.
Shu yozda gullar har qachongidan ham g‘ujg‘on ochilibdi, qo‘l ushlashib olgan bolalar qo‘shiqlar kuylashibdi, gullarni o‘pishibdi, quyoshga boqib shodlanishibdi. Oh, qanday ajoyib yoz, gullab yotgan, go‘yo abadiy gullab turadigan butalar ostida o‘tirish qanchalar yaxshi ekan!
Kunlarning birida Kay bilan Gerda hayvon va qushlarning rasmi solingan kitobchani tomosha qilib o‘tirishar ekan, kattakon minoradagi soat beshga zang uribdi.
– Voy! – deya qichqirib yuboribdi Kay. – Yuragimga tig‘ sanchilgandek bo‘ldi, ko‘zimga ham nimadir tushdi!
Qizcha uning bo‘ynidan quchibdi, bolakay ko‘zlarini pirpiratib ko‘ribdi, biroq ko‘zlarining ichida go‘yo hech narsa yo‘qdek ekan.
– Chiqib ketgan bo‘lsa kerak , – debdi bolakay.
Biroq aslida bunday emas ekan. Bu o‘sha biz hikoyamizning boshida aytgan la’nati ko‘zguning zarralari ekan.
Sho‘rlik Kay! Endi uning yuragi bir parcha muzga aylanib qolar ekan. Og‘riq o‘tib ketgan bo‘lsa-da, biroq ko‘zgu parchasi ichkarida qolgan ekan.
– Nega yig‘layapsan? – deb so‘rabdi u Gerdadan. – Mening hech joyim og‘rimayapti! Voy, sen buncha ham xunuksan! – deya qichqirib yuboribdi u. – Anavi atirgulni qurt kemiryapti. Hamma shoxlari qing‘ir-qiyshiq. Bunchayam xunuk bu atirgullar! Ular dikkayib turganidan qutilarning bo‘sh turgani yaxshi.
U qutini tepib yuboribdi va har ikki atirgulni sug‘urib tashlabdi.
– Nima qilyapsan axir, Kay! – deya qichqirib yuboribdi Gerda, bolakay esa qizchaning qo‘rqib ketganini ko‘rib, yana bitta gulni yulib tashlabdi va ko‘hlikkina jajji Gerdadan qochib o‘z derazasi tomonga o‘tib olibdi.
Endilikda Gerda unga suratli kitoblar olib keladigan bo‘lsa, bolakay, bu suratlarga faqat chaqaloqlar qiziqishi mumkin, der, keksa buvisi biron narsani hikoya qilib bersa, u bundan ayb izlar ekan. Ba’zan esa shunchalikka borib yetar ekanki, buvisining yurishini masxara qila boshlar, uning ko‘zoynagini taqib olar, buvisiga taqlid qilib gapirishga tushib ketar ekan. Juda o‘xshasa kerakki, odamlar kulishar ekan. Tez orada Kay barcha qo‘shnilarga tegajog‘lik qilishga o‘tibdi. Bolakay ularning barcha g‘alati jihatlarini, kamchiliklarini aynan o‘xshatib ko‘rsata olar, kishilar esa:
– Judayam qobiliyatli bolakay! – der ekanlar.
Bularning barchasiga sabab bolakayning ko‘zi bilan yuragiga tushgan ko‘zgu parchalari ekan. Shuning uchun u hatto ko‘hlikkina jajji Gerdani ham masxara qilar, holbuki, qizcha uni astoydil yaxshi ko‘rar ekan.
Uning ermaklari ham butunlay boshqacha, ajabtovur g‘alati bo‘lib qolibdi. Bir kuni qish payti qor yog‘ganida u narsalarni yirik qilib ko‘rsatadigan kattakon shisha olib kelibdi, ko‘k kamzulini polga to‘shab, ustiga qor qo‘yibdi-da:
– Manavi shishaga qara, Gerda, – debdi.
Shisha ostidagi qor uchqunlari aslidagidan judayam katta bo‘lib, chiroyli gulga yoki o‘n qirrali yulduzga o‘xshab ketar ekan. Shunaqangi go‘zal ekanki!
– Qara, qanday ustomonlik bilan qilingan, – debdi Kay. – Rostakam gullardan ko‘ra bu qiziqroq! Qanchalar aniq ishlangan. Bittayam noto‘g‘ri chizig‘i yo‘q. Eh, qani endi ular erib ketmaganida edi!
Oradan biroz o‘tgach, Kay kattakon qo‘lqop kiyganicha chana sudrab kelibdi va Gerdaning quloqlariga: “Menga katta maydonda bolalar bilan o‘ynash uchun ruxsat berishdi!” – deb qichqirganicha chopib ketibdi.
Maydonda juda ko‘p bolalar chana uchishar ekan. Kim dadilroq bo‘lsa, o‘z chanasini dehqonlar chanasiga bog‘lab olar va uzoq-uzoqlarga sirpanib ketar ekan. Bu esa nihoyatda maza ekan. O‘yin-kulgi ayni avjiga chiqqanida maydonda kattakon oppoq chana paydo bo‘libdi. Unda oq po‘stinga o‘rangan, xuddi shunday qalpoq kiyib olgan kimdir o‘tirar ekan. Chana maydonni ikki bora aylanib chiqibdi. Kay darhol o‘z chanasini unga bog‘lab olganicha sirg‘ala boshlabdi. Katta chana tezlasha-tezlasha maydondan muyulishga qarab burilibdi. Unda o‘tirgan kishi ortiga o‘girilibdi-da, xuddi eski tanishlarga o‘xshab Kayga salom degandek bosh irg‘ab qo‘yibdi. Kay bir necha bor o‘z chanasini yechib olmoqchi bo‘libdi, biroq po‘stinli kishi har safar unga bosh silkib qo‘yar ekan; bolakay ham uning ortidan ketaveribdi.
Mana, ular shahar darvozasidan ham chiqib olishibdi. Qo‘qqisdan laylakqor yog‘a boshlabdi, tevarak-atrof ko‘zni yirtib yuborgudek qorong‘i bo‘lib qolibdi. Bolakay shosha-pisha katta chanaga bog‘langan arqonni qo‘yib yuboribdi, biroq chanasi katta chanaga yopishib qolgandek uning ortidan bo‘ronday yelib ketaveribdi. Kay qattiq dodlab yuboribdi, ammo buni hech kim eshitmabdi. Qor gupillatib yog‘ar, chanalar esa qortepalarga sho‘ng‘ib, g‘ovlar-u ariq-zovurlar ustidan sakrab o‘tganicha ilgarilab borar, Kay esa dag‘-dag‘ titrar ekan.
Lo‘ppi-lo‘ppi qorlar kattalasha-kattalasha nihoyat ulkan oppoq tovuqlarga aylanibdi. Qo‘qqisdan bu tovuqlar har tomonga uchib ketishibdi, katta chana to‘xtab, unda o‘tirgan kishi o‘rnidan turibdi. Baland bo‘yli, adl qomatli, ko‘zni qa mashtirgudek oppoq bu ayol – Qor malikasi ekan; uning po‘stini ham, qalpog‘i ham qordan ekan.
– Zo‘r yelib keldik! – debdi u. – Lekin sen qattiq sovqotib qolding, kel, mening po‘stinimga o‘ranib ola qol!
U bolakayni o‘z chanasiga o‘tqazib, ayiq terisidan qilingan po‘stiniga o‘rabdi. Kay xuddi qor uyumiga tushib ketgandek bo‘libdi.
– Haliyam sovqotyapsanmi? – deb so‘rabdi Malika va bolakayning peshonasidan o‘pib qo‘yibdi.
Hu-uv! Uning bo‘sasi muzdan ham sovuq ekan, bu sovuq bolakayning ich-ichini teshib, yuragigacha yetib boribdi, yuragining esa shundoq ham yarmi muzlab yotgan ekan. Birpasdan keyin butunlay o‘lib qolsam kerak, deb o‘ylabdi Kay…
Atigi bir daqiqa o‘tgach, aksincha, u o‘zini juda yaxshi his eta boshlabdi, hatto butunlay sovqotmay qo‘yibdi.
– Mening chanam! Mening chanamni unutma, – deya birdan eslab qolibdi bolakay.
Uning chanasini oq tovuqlardan birining ortiga bog‘lashibdi va u ham katta chana orqasidan uchib ketibdi. Qor malikasi Kayni yana bir marta o‘pgan ekan, u Gerdani ham, buvisini ham, uyidagi hamma narsalarni ham eslamay qo‘yibdi.
– Endi seni o‘pmayman, – debdi Qor malikasi. – O‘lguncha o‘pavermayman-ku, axir.
Kay unga nazar tashlabdi. U judayam latofatli ekan. Bunday dono qiyofa, go‘zal chehrani u tasavvur ham qilmagan ekan. Bolakayga u endi hu avvalgi, deraza oldida o‘tirganida qo‘li bilan imo qilgani kabi sovuq bo‘lib tuyulmabdi.
U malikadan butunlay qo‘rqmay qo‘yibdi, o‘zining arifmetikadan to‘rt amalni, hatto kasr sonlarni ham yecha olishini, har bir mamlakatning yer maydoni va aholisi qancha ekanligini bilishini aytib bergan ekan, malika javob o‘rniga jilmayib qo‘ya qolibdi. Ana shunda bolakayga aslida o‘zi juda kam narsa biladigandek tuyulib ketibdi.
Xuddi shu lahzada Qor malikasi u bilan qop-qora bulutga ko‘tarilibdi. Bo‘ron xuddi qadimiy qo‘shiqlarni kuylagandek ingrar va faryod chekar ekan; ular o‘rmon va ko‘llar ustidan, dengiz va cho‘llar tepasidan uchib o‘tishibdi; ularning ostida izg‘irinlar izg‘ir, bo‘rilar uvillar, qorlar tovlanib yotar, qop-qora qarg‘alar qag‘illab uchishar, boshlari ustida esa kattakon tiniq oy yog‘du sochib turar ekan. Qishning uzundan-uzoq bu kechasida Kay oydan ko‘z uzmay chiqibdi, kunduzi esa Qor malikasining poyida uxlab qolibdi.
UCHINCHI VOQEA
Sehrgarlik qila oladigan ayol gulzori
Kanyingq ahyotliibnek eklemchagdai?nKidaayn qasoyo‘nqgq aGge‘ordyaib bo‘ldi? Buni hech kim bilmas, hech kim aytib bera olmas ekan.
Bolalar faqat Kay o‘z chanasini kattakon g‘aroyib chanaga bog‘laganini, keyin muyulishdan burilib, shahar darvozasidan chiqib ketganini ko‘rganliklari haqida hikoya qilishar ekan, xolos.
Uni deb ko‘p ko‘z yoshlar to‘kilibdi, Gerda uzoq va achchiq-achchiq yig‘labdi. Nihoyat, Kay o‘lgan, shahar yonidan oqib o‘tadigan daryoga cho‘kib ketgan degan xulosaga kelishibdi. Zimiston qish kunlari juda uzoq cho‘zilibdi.
Nihoyat, mana, bahor ham kelib, quyosh jamol ochibdi.
– Kay o‘lgan, endi u hech qachon qaytib kelmaydi! – debdi Gerda.
– Ishonmayman! – deb javob beribdi quyosh shu’lasi.
– U o‘lgan, endi hech qachon qaytib kelmaydi! – deya takrorlabdi Gerda qaldirg‘ochlarga.
– Ishonmaymiz! – deya javob qaytarishibdi ular.
Oxiri Gerdaning o‘zi ham bunga ishonmay qo‘yibdi.
– O‘zimning qizil boshmoqchalarimni kiyaman-da (Kay hali bu boshmoqchalarni biror marta ham ko‘rmagan ekan), – debdi u bir kuni ertalab, – Kayni borib daryodan so‘rayman.
Hali juda vaqtli ekan. U uxlab yotgan buvisini o‘pib qo‘yib, qizil boshmoqchalarini kiyibdi-da, yolg‘iz o‘zi to‘ppa-to‘g‘ri shahar tashqarisidagi daryoga qarab yuguribdi.
– Mening tutingan akamni o‘z bag‘ringga olganing rostmi? – deb so‘rabdi u daryodan. – Sen agar uni menga qaytarsang, senga o‘zimning qizil boshmoqchalarimni sovg‘a qilardim!
Yo‘lqinlarning g‘alati bosh tebratishlari qizchaga qiziq tuyulibdi. Shunda u o‘z bisotidagi eng qimmatli qizil boshmoqchalarini yechibdi-da, daryoga irg‘itibdi. Lekin boshmoqchalar shundoq qirg‘oqqa borib tushibdi, to‘lqinlar esa uni darhol qizchaga qaytarishibdi – go‘yo daryo Kayni qaytarib berolmagani kabi, qizchaning bisotidagi eng qimmatli narsani olishni ham istamayotgandek ekan. Boshmoqchalarni unchalik uzoqqa ota olmadim, shekilli, deb o‘ylabdi qizcha va qamishzorda lopillab turgan qayiqqa chiqib, uning quyrug‘iga boribdi-da, boshmoqchalarini yana suvga otibdi. Qayiq bog‘lab qo‘yilmagan ekan, qizchaning tebranishi sababli u qirg‘oqdan uzoqlasha boshlabdi. Qizcha darhol qirg‘oqqa sakramoqchi bo‘libdi, biroq to qayiqning quyrug‘idan tumshug‘iga yetib kelaman degunicha u qirg‘oqdan ancha uzoqlashib, oqimga qo‘shilib suzib ketibdi.
Qattiq qo‘rqib ketgan Gerda qichqirib yig‘lashga tushibdi, biroq uni qarg‘alardan boshqa hech kim eshitmabdi. Qarg‘alar esa uni quruqlikka olib chiqa olmaydilar-ku, shuning uchun uning ortidan qirg‘oq bo‘ylab uchganlaricha, go‘yo qizchaga taskin bermoqchi bo‘lgandek:
– Biz bor-rmiz! Biz bor-rmiz! – deya qag‘illashibdi.
Qayiq tobora uzoqlashib ketaveribdi. Gerda oyoqlarida paypog‘i bilan qotganicha o‘tiraveribdi: uning qizil boshmoqchalari kema ortidan oqib kelar, biroq unga sira yeta olmas ekan.
“Ehtimol, daryo meni Kayning yoniga boshlab borar?” – deb o‘ylabdi Gerda va xursandligidan o‘rnidan turib ketib, chiroyli yam-yashil qirg‘oqlarga uzoq-uzoq suqlanib boqibdi.
Nogoh u kattakon olchazor bog‘ga suzib kelibdi, unda tomi poxoldan qilingan, derazalariga qizil va ko‘k oynalar o‘rnatilgan bir uycha bor ekan. Eshik oldida ikki yog‘och askar turgan bo‘lib, ular shu yaqindan suzib o‘tadigan barchaga askarchasiga salom berishar ekan. Gerda askarlarni tirik deb o‘ylab, ularga qarab qichqiribdi, ammo, tabiiyki, ular javob berishmabdi. Qizcha ularga yanada yaqinroq suzib boribdi, qayiq shundoq qirg‘oqqa yetay deb qolibdi, qizcha esa yanada qattiqroq qichqiribdi. Uychadan ilgak hassa tutib olgan, ajoyib gullar chizilgan poxol shlyapali qurishib-burishib ketgan bir kampir chiqib kelibdi.
Конец ознакомительного фрагмента.
Текст предоставлен ООО «Литрес».
Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию (https://www.litres.ru/book/gans-hristian-andersen/k-or-malikasi-sobit-k-alayi-askarcha-69866734/chitat-onlayn/?lfrom=390579938) на Литрес.
Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.